Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Davlat rahbari safari avvalida Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish va yangi terminal qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Prezident Oqdaryo tumanida fermerlar bilan uchrashib, hududda klasterlar va tomchilatib sug‘orish tizimini rivojlantirish kerakligini ta’kidladi. Mirziyoyev Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida qurilishi rejalashtirilgan turistik markaz loyihasi bilan tanishdi.

Viloyatga tashrifi yakunida davlat rahbari Samarqand tumanida viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

15

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing