Ilon Maskning boyligi, aslida, qancha ekanligi oshkor bo‘ldi

Bu qiziq

image

Amerikalik biznesmen va tadbirkor Ilon Maskga tegishli bo‘lgan mol-mulk 39 milliard dollarga teng. Ammo, aslida, uning shaxsiy mablag‘i kam. Milliarderning moliyaviy ahvoli “Wall Street Journal” jurnalistlari tomonidan baholandi.

Nashrning ta’kidlashicha, Mask Tesla va SpaceX aksiyalarini garov sifatida ishlatib, qarzlaridan uzilmoqda. Garchi tadbirkorning o‘zi unga pul kerak emasligini da’vo qilsada, uning banklar oldidagi qarzi 500 million dollardan oshadi. 2019 yilda u banklarga o‘sha paytdagi qiymati 15 milliard dollarga teng Tesla aksiyalarini garovga qo‘ygan edi.

Tadbirkor Tesla kompaniyasining 20 foiziga egalik qiladi, hozir ularning qiymati 28 milliard dollarga teng. Biroq Mask qimmatli qog‘ozlarni sotolmaydi, aks holda, u kompaniya boshqaruvini yo‘qotadi.

Agar Tesla aksiyalarining narxi ma’lum darajadan pastga tushsa, banklar kreditlarni muddatidan oldin to‘lashni yoki qiymat farqini qoplashni talab qilishi mumkin. Bu qo‘shimcha ravishda aksiyalar narxining pasayishiga olib keladi. Nashrning ta’kidlashicha, 2020 yil boshidan beri kompaniya aksiyalari 96 foizga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Mask o‘z mol-mulkini sotishni boshlaganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

652

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing