UEFA Ronaldu ishini ko‘rib chiqdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning Yevropa Chempionlari ligasi nimchorak finali doirasidagi Madridning “Atletiko” klubiga qarshi o‘yindagi harakatlari UEFA tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ronaldu ushbu o‘yinda penaltidan uchinchi golni “Atletiko” darvozasiga kiritgach, raqib muxlislari joylashgan sektor oldiga borib, noodatiy harakatni amalga oshirdi.

Futbolchining bu harakatlarini “Atletiko” klubidagilar o‘zlari uchun haqorat deb hisoblab, bu borada UEFAga shikoyat yo‘llagan edi. Tashkilotning tartib-intizom qo‘mitasi klubning shikoyatini 21 mart kuni muhokamadan o‘tkazdi. Qo‘mitadagilar Ronalduning bu qilig‘ini qandaydir provokatsion harakat sifatida qabul qilinmasligini bildirdi va hujumchiga nisbatan hech qanday jazo choralari qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Oldinroq, agar UEFA Ronalduni nohaq deb topadigan bo‘lsa, uni ikki yoki uch o‘yinlik diskvalifikatsiya kutishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo UEFA qaroriga ko‘ra futbolchi endi YeCHL chorak finalida “Ayaks”ga qarshi to‘liq maydonda to‘p surishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu UEFA

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing