Mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing miqdori oshiriladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Republikasi Prezidenti “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi, unga muvofiq:

mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mgacha, mikrokredit miqdori – 300 million so‘mgacha va mikrolizing miqdori – 600 million so‘mgacha oshiriladi;

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;

mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi;

aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtirish huquqitaqdim etiladi;

xorijiy mikrokredit tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

mikroqarz mikrokredit

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing