95-yilgacha O‘zbekistonga kelganlar fuqarolikni olishda qaysi muammolar bilan to‘qnashadi?

Jamiyat

4 kishiga “Faxriy senator” sertifikati topshirildi (foto) north_east

4 kishiga “Faxriy senator” sertifikati topshirildi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan murojaatnomasida O‘zbekistonga 1995 yilgacha kelgan va hozirgacha shu yerda yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda O‘zbekiston fuqaroligi berilishi haqida aytgan edi

Davlat rahbari bu jarayon deyarli 50 ming kishini qamrab olishini aytib, vakolatli tashkilotlarga tegishli qonun loyihasini 2020 yil 1 maygacha tayyorlash yuzasidan topshiriq berdi.

1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashayotgan fuqarolarga avtomatik tarzda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish qanday tartibda amalga oshiriladi va bu jarayonga biror cheklovlar bormi? Murojaatchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin? Mazkur savollar Oliy Majlis Senatining joriy yil 28 fevral kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida o‘rtaga tashlandi. 

Savolga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Muhammadiyev quyigacha javob berdi: 

“1995 yilning 1 yanvar kuniga qadar O‘zbekistonga kelib, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi bilan yashab, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslar bo‘yicha qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgandan keyin IIV ushbu shaxslarning ro‘yxatlarini shakllantirish bilan shug‘ullandi. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda. 

Bu toifadagi shaxslarning fuqaroligini tan olish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Lekin, ularning hujjatlarini ko‘rib chiqish chegarasi belgilanmagan. Deylik, bir yo ikki yildan keyin fuqaro shu istakni bildirsa, ularning murojaati o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu masalada hujjatlar ro‘yxati ham belgilangan, ular ko‘p emas. Soddalashtirilgan tartibda murojaat, so‘rovnoma, 1995 yilgacha kelib, doimiy ro‘yxatdan o‘tgani holati va davlat boji bilan chegaralangan. Bu masalani ko‘rib chiqishda Ichki ishlar organlari tomonidan hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi”. 


Maqola muallifi

Teglar

Ulug'bek Muhammadiev

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing