Yana 16 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

2020 yil 14 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636 nafarni tashkil qilmoqda.

16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan. 

Hozirda koronavirusdan davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2136 nafari sog‘aygan va 11 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing