Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Olam

image

AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan uchrashdi. Tramp tegishli videoni kecha, 17 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.

Duda 17-18 aprel kunlari amaliy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi. “Wirtualna Polska” portali ikki siyosatchi o‘rtasidagi uchrashuvni AQSHning Varshavadagi sobiq elchisi Jorjett Mosbaxer tashkil qilayotgani haqida xabar bergan.

"Polsha Prezidenti Anjey Dudani Nyu-Yorkda kutib olishdan mamnunman", deya izoh berdi Tramp e’lon qilingan videoga.

Polsha Prezidenti devoni vakili Voychex Kolarskiyning ma’lum qilishicha, Amerika tomoni Dudaning mart oyida Vashingtonda AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralari oldidan Polsha rahbariga ushbu tashrif davomida Tramp bilan uchrashmaslikni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Floridadagi Mar-a-Lago mulkida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. U AQSHga safari davomida mamlakatning amaldagi rahbari Jo Bayden bilan uchrashmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Pol'sha Anjey Duda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing