Toshkentdagi fastfud tarmog‘i elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani fosh etildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 7 ta Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “L.S.G.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining aholi gavjum hududlarida 7 ta Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, jami 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi o‘g‘irlangani aniqlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent fastfud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made