Fransiya Xitoyga 1 mlrd niqob buyurtma qildi

Olam

image

Fransiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida Xitoyga bir milliard dona tibbiyot niqobiga buyurtma berdi. Bu haqda “France Info” xabar bermoqda.

Buyurtma Xitoydan Fransiyaga haftasiga to‘rt marta samolyotda tashiladi. Har bir reysda 18,3 mln dona niqob yetkaziladi. Niqoblar dastlab Xitoyning Shenchjen va Shanxay shaharlariga to‘planadi. U yerdan Fransiyaga jo‘natiladi. Fransiyada niqoblar mamlakat bo‘ylab tarqatib yuboriladi.

Ma’lumot uchun, bugungacha Fransiyada 33 437 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Ularning 1998 nafari vafot etgan, 5724 nafari davolangan.

Avvalroq, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 600 mingdan oshib ketgani haqida xabar bergan edik. Bemorlar soni bo‘yicha AQSH yetakchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus niqob

Baholaganlar

112

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing