Gollandiya chempioni aniqlandi
Sport
−
16 may 2019
3827Kecha, 15 may kuni Gollandiya chempionatining 33-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda musobaqa peshqadami “Ayaks” safarda “De Grafsxap”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu orqali Amsterdam jamoasi chempionat tugashiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu chempionlik jamoa tarixiga 34-chempionlik sifatida muhrlandi. Bu mamlakatdagi rekord hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Ayaks” ohirgi marta 2014 yilda mamlakat chempionligiga erishgan edi. Shuningdek, jamoa ushbu mavsumda Gollandiya kubogini ham qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi