O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25 mlrd so‘m bo‘lgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga ko‘ra, kompaniya emissiya qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

ipoteka moliya

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing