Parlamentda 190ta maktab yaroqsiz ekani aytildi

Olam

image

Qirg‘izistondagi 190 ta maktab ishdan chiqqan. Bu haqda kecha, 16 sentyabr kuni Jogorku Kengeshning byudjet va moliya qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tildi, deya yozmoqda Kyrtag.kg 

Yig‘ilishda respublikada 190 ta maktab ishdan chiqqani, yangilarini ta’mirlash va qurish uchun 13 milliard somdan ortiq mablag‘ kerakligi aytildi.

Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, "kapital qo‘yilmalar" moddasi bo‘yicha ob’ektlarni moliyalashtirish 75 foizni tashkil etadi.

Muhokama davomida deputat Ziyoddin Jamaldinov ob’ektlarning ro‘yxatini oldindan tasdiqlash zarurligini ta’kidladi.

“Joriy yilda ushbu ro‘yxat iyun oyida tasdiqlangan. Qonun hujjatlariga muvofiq, ro‘yxat qabul qilinganidan keyin bir oy ichida tasdiqlanishi kerak. Qancha vaqtni isrof qilmoqdasiz? Bu holat yildan-yilga takrorlanmoqda ”, deya norozilik bildirdi deputat.

Deputat Toroboy Zulpukarov respublikadagi konteyner maktablari soni masalasini ko‘tarib, Norin viloyatidagi maktabni tilga oldi. Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Kanbek Isaqov, Qorasuv va Norin tumanlarida konteynerlarga joylashtirilgan maktablar borligini va bolalar ularda o‘qimasligini qo‘shimcha qildi.

Ammo deputat T. Zulpukarovga ko‘ra, Novqat tumanidagi Jash qishlog‘ida bolalar chodirlarda tahsil olmoqda.

"Nima uchun Saudiya Arabistoni fondi bilan kelishuv amalga oshirilmayapti, buning asosida maktablar qurilishi uchun 30 million AQSH dollari ajratilgan?”, dedi T.Zulpukarov.

Ta’lim va fan vazirligining davlat kotibi Samat Borubayev, maslahat kompaniyasini tanlashda qiyinchiliklar bo‘lganini ma’lum qildi.

"Birinchi kompaniya bilan shartnoma bekor qilindi, endi biz ikkinchi kompaniya bilan ishlamoqdamiz. 27 ta maktab quriladi”,  deya qo‘shimcha qildi S.Borubayev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston 190 ta maktab

Baholaganlar

6

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing