Karantin sharoitidan norozilarga Nurmat Otabekov javob berdi

Jamiyat

image
Server Jeparov o‘g‘li bilan 14 kunni O‘rtasaroydagi karantin zonasida o‘tkazdi north_east

Server Jeparov o‘g‘li bilan 14 kunni O‘rtasaroydagi karantin zonasida o‘tkazdi

Xorijdan kelgan o‘zbekistonliklar xavfsizlik nuqtai-nazaridan 14 kunlik karantinga olindi. Ular uchun barcha yetarli sharoitlar yaratildi. Buni o‘sha yerda bo‘lib qaytgan ko‘plab fuqarolar ta’kidlamoqda. Ammo bir holat – karantin vaqtida odamlarning bir xonaga 4 kishilab joylashtirilgani o‘rtaga turli savollarni chiqardi.

Bugun, 14 aprel kuni AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirok etgan brifingda xuddi mana shu mavzuga oid savol berildi.

“Nega karantinda 4 nafar odam bitta xonada joylashtirilayapti? Shular orasidan bittasida kasallik bo‘lsa, boshqalarga yuqib ko‘payib ketavermaydimi? Bu ahvolda karantin muddati yangi aniqlangan bemorlar xisobidan cho‘zilib ketadi-ku. Izolyatsiya degani shumi? Nega ommaviy test o‘tkazib bo‘lmaydi?”, deyladi savolda.

“Savol bergan yurtdoshimizga ham savolim bor edi: hozir o‘sha bitta xonaga 3-4 ta qilib joylashtirilgan odam Rossiya Federatsiyasi yoki boshqa xorijiy davlatlarda ishlab yurgan paytda 3 kishilik, 4 kishilik palatada yashagan ekanmi yoki alohida 1 kishilik xonalarda yashab mehnat qilgan ekanmi? Yoki 20, 30, 100 kishilashib bitta xonada yotgan ekanmi?

Yaxshilab o‘ylab ko‘raylik, shunday imkoniyat qaysi yurtda bor ekan va qaysi davlatda shunday sharoit yaratilgan ekan?! Bironta davlatda bunday, hatto 3-4 kishini bitta xonaga joylashtirishchalik ham sharoit yo‘q.

Ular odamlarni stadionlarga, konsert zallariga, vokzallarga, oshxona va restoranlarga joylashtirishga majbur bo‘lmoqda”, dedi Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurash uchun qo‘llayotgan tizimini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tan olib, eng samarali usul deb e’tirof etganini qo‘shimcha qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha kasallik yuqtirganlar 1113 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 99 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1010 kishini tashkil etmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing