Iste’molchilarga gaz, “svet” va suvga 683 mln so‘m ortiqcha hisob-kitob qilingan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarlik holatlarini o‘rganish ishlari tizimli davom ettirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar tabiiy monopoliya sub’ektlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan iste’molchilar tomonidan 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi va murojaatlarning barchasi belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqilishi jarayonida 43 ta holatda tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan iste’molchilarga 683,3 mln so‘m (aholi foydasiga 225,9 mln so‘m) ortiqcha hisoblanganligi, xususan tabiiy gaz bo‘yicha 153,5 mln so‘m, ichimlik suv bo‘yicha 183,5 mln so‘m, elektr energiyasi bo‘yicha 279,9 mln so‘m mablag‘lar tashkil etganligi aniqlanib, iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

Misol uchun, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tex-Yunol-Servis” MCHJga elektr energiyasi bo‘yicha qo‘llanilgan qo‘shimcha to‘lovlardan 51,4 mln so‘m hamda “Toshkent suv ta’minoti” UK tomonidan Yashnobod tumanidagi tadbirkor “Talipov A.R.”ga 5,0 mln so‘m mablag‘ ortiqcha hisoblanganligi aniqlandi. Aniqlangan mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi va ularning qonuniy haq-huquqlari himoya qilinishiga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya iste'molchi

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing