O‘zbekistonda qancha monopol korxona borligi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bugungi kunda 90 ta monopol korxona mavjud. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, islohotlar natijasida 31 ta tovar va xizmatlar bozorlariga tadbirkorlarning kirishini erkinlashtirish hisobiga yetarli darajada raqobat shakllangan va monopoliya holatidan chiqarilgan. Jami monopol korxonalar soni esa so‘nggi 5 yilda 20 foizga kamaygan va bugungi kunga kelib 90 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar soni so‘nggi ikki yilda qariyb 3,0 mingdan 2,1 mingtagacha yoki 30 foizga qisqargan.

Tovar va moliya bozorlarida raqobatni yanada rivojlantirish, yangi ishtirokchilarni erkin kirib kelishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar uchun 185 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-tamoyillari qisqartirilgan yoki soddalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya

Baholaganlar

644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing