Toshkentda 14 yashar qiz selfi sabab 3-qavatdan quladi

Jamiyat

image

Xalqaro ommaviy axborot vositalarida baland binoda yoki temiryo‘lda o‘zini o‘zi suratga olish (selfi) jarayonida sodir bo‘lgan mudhish holatlar haqida ko‘p o‘qiganmiz. Afsuski, bunday voqealar O‘zbekistonda ham qayd etilmoqda.

Toshkentda 14 yashar qiz uy derazasi oldida rasmga tushmoqchi bo‘lgan vaqtda binodan quladi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Ushbu hodisa kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qayd etilgan. Shu tumanda yashovchi 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) uchinchi qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushurayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan. 

Natijada F.T. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

selfi

Baholaganlar

234

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing