Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

3-sahifa

image

Toshkentda poyezd vagoni ustiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 19:05 da “Hamza” stansiyasida 18 yoshli yigit poyezd vagoni ustiga chiqqan. U vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan, ammo uni 27 ming voltli tok urgan. Oqibatda u yerga yiqilgan.

Stansiya xodimlari voqea joyiga yetib borgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga jo‘natilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tok urishi oqibatida yigit tanasining 98 foizi kuyib ketgan, hozirda uning ahvoli og‘ir.

Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent selfi tok urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made