Koronavirus yuqtirgan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir baravar ko‘paydi – SSV

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 504 ta yetgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.

SSV ma’lumotidan ko‘rinadiki, koronavirusga chalinganlar orasida 10 yoshga bo‘lgan bolalar teng baravariga ko‘paygan. 6 aprel holatiga bu yosh darajasidagi bemorlar 10 nafarni tashkil qilayotgandi.

Bemorlarning yoshi:

0-9 yoshgacha – 20 nafar (4 foiz);
10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8 foiz);
20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7 foiz);
30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2 foiz);
40-49 yoshgacha – 137 nafar (27 foiz);
50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3 foiz);
60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4 foiz);
70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4 foiz);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2 foiz)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Shuningdek,

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16,
•    Andijon viloyatida 61,
•    Buxoro viloyatida 84,
•    Namangan viloyatida 51,
•    Farg‘ona viloyatida 70,
•    Xorazm viloyatida 18,
•    Qashqadaryo viloyatida 6,
•    Navoiy viloyatida 2,
•    Samarqand viloyatida 1,
•    Jizzax viloyatida 1 nafardan

bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing