Qozog‘istonda namoyishlar ortidan 50 dan ziyod kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 22 fevral kuni Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tgan ruxsat berilmagan mitinglar vaqtida 53 kishini qo‘lga oldi. Bu haqida 25 fevral kuni Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Ayrim fuqarolar mamlakatimiz shaharlarida ruxsat berilmagan mitinglarga chiqishdi. Politsiya 53 kishini qo‘lga oldi. Ma’muriy javobgarlikka tortilganlar ham bor. 43 kishi suhbatlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Mitinglar, asosan, Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida bo‘lib o‘tgan”, dedi Turgumbayev.

Avvalroq, 22 fevral kuni Qozog‘istonda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Shanba kuni poytaxt Nur-Sultonga yig‘ilgan namoyishchilar: "Boy bo‘lgan Qozog‘istonda odamlar nega kambag‘al?" yozuvlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olishdi va siyosiy mahbuslarning ozod etilishlarini talab etishdi.

Muxolifatning Olma-otadagi ko‘plab tarafdorlari namoyish tashkil etish uchun markaziy maydonga yig‘ilishdi va ular ham shunga o‘xshash talablarni o‘rtaga tashlashdi
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing