Turkiyadan yuborilgan ba’zi buyumlarga bojxona to‘lovi bekor qilinadi

Jamiyat

image

Turkiya va O‘zbekiston ishbilarmonlari o‘rtasida ikki mamlakat ishlab chiqaruvchi va eksportchilari uchun yanada qulay savdo sharoitlarini yaratish maqsadida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Investitsiya va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitimni imzolash shartlari bo‘yicha videokonferensiya orqali 5-tur muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etdi.

Tomonlar imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral oyida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida ikki mamlakatlar hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlarda belgilanganidek, o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga oshirishning muhim va samarali vositasi ekanini qayd etdi.

“Bitimni imzolashning maqsadi ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uchun yanada qulay savdo sharoitlarini yaratish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Xususan, muayyan buyumlarga nisbatan bojxona bojlari qo‘llanilmaydi yoki ularning stavkasi sezilarli darajada pasaytiriladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, muzokaralar o‘tkazilishi ishlab chiqilgan Bitim loyihasi moddalarini har tomonlama ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘zaro savdo operatsiyalarida imtiyozli savdo rejimi qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston va Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarning ro‘yxatlarini batafsil o‘rganish imkonini berdi.

Ma’lum qilinishicha, turk tomoni Turkiya savdo vazirligi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi uchun zarur texnik yordam berishga, shu jumladan, dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini, himoya choralarini qo‘llash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini subsidiyalash mexanizmlari masalalari bo‘yicha maslahat berishga tayyor ekanligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Bojxona

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing