Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushgani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi o‘zining qisqa munosabatini bildirdi. 

Rasmdan ko‘rish mumkinki, avtomobil yo‘li o‘rtasida katta chuqurlik paydo bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Mirobod tumani hokimining ko‘rsatmasiga muvofiq, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borgan. 

“Chuqur atrofi o‘rab olinib, mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda. 

Ushbu o‘pirilishga nima sabab bo‘lgani aytilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Istiqbol ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made