Toshkent hokimligi drenaj va kollektorlarni ta’mirlash uchun 846,5 mln so‘m ajratdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 846,5 million so‘m miqdoridagi pul yog‘ingarchiliklar davrida shaharda suv toshqinlari bilan bog‘liq avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ajratildi. Tegishli qaror kecha, 15 fevral kuni poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov tomonidan imzolandi. 

Qarorga ko‘ra, mazkur mablag‘ kerakli maxsus mexanizm va materiallarni xarid qilishi uchun Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga beriladi. 

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish va ajratilgan mablag‘lar ijrosi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hisobot kiritish vazifasi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirovning zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda  Toshket shahridagi drenaj tizimi yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgani qayd etilgandi. Shu munosabat bilan shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1 sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yog'ingarchilik drenaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing