Bill Geyts koronavirusni yengishning yagona yo‘lini ma’lum qildi 

Olam

image

Koronavirusni yengishning yagona yo‘li bu juda samarali vaksina ishlab chiqarish.

Bu haqda Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts ma’lum qildi

"Odatiy hayot tarziga qaytishning yagona yo‘li bu hamma uchun to‘g‘ri keladigan vaksina ishlab chiqarishdir. Bu kasallikni global miqyosda tugatishga imkon beradi", deya ta’kidlagan Bill Geyts. 

Geyts vaksinaning birinchi bir nechta variantini keyingi yildan qo‘llashga ruxsat berilishini kutayotganini aytgan.

Avvalroq, Buyuk Britaniya Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi hamda Britaniyaning Welcome Trust xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda yangi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha xalqaro harakatlar rejasini ishlab chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

AQSHda joylashgan “Novavax“ biotexnologik firmasi esa Microsoft asoschisi Bill Geytsdan koronavirus vaksinasi uchun 388 million dollar olgandi.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 37 milliondan ko‘p koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Qariyb 28 million kishining salomatligi tiklangan. 1 milliondan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing