Telegram storislar funksiyasini oddiy obunachilarga ham taqdim etadi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Telegram`ning so‘nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz storis joylash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu haqdaplatforma asoschisi Pavel Durov o‘zining telegramdagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.

Bunda oddiy foydalanuvchilar uchun oylik va haftalik storis joylash imkoniyatida cheklovlar mavjud: haftada 7 ta, oyiga 30 ta. Bu cheklov miqdoridan kelib chiqib, kuniga uchtadan ko‘p bo‘lmagan  storislarni joylash mumkin. 

Shunga qaramay, Premium obunachilari oddiy obunachilardan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lib qolaveradi. Xususan, ular kuniga yuztagacha hikoyalar joylashtira oladi. Standart 24 soat o‘rniga Stories displeyining boshqa uzunligini 6 dan 48 soatgacha tanlashga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, ro‘yxatda birinchi bo‘lib Premium obunachilarining hikoyalari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, pullik versiya foydalanuvchilari boshqa odamlarning storislarini qurilma xotirasiga saqlash imkoniyatiga ega, oddiy versiyada esa bu taqiqlangan. Innovatsiyalar, shuningdek, hikoyalar tagidagi belgilar soni chegarasiga ham tegishli - Premium obunachilari uchun 2048 tagacha ruxsat berilgan (oddiy foydalanuvchilar uchun 200 tagacha). Shuningdek, ular havolalar qo‘shishi, imzolardagi matnni formatlashi, shuningdek, geolokatsiyani ko‘rsatishi mumkin.

Yangilanish bugun, 14 avgustda ilovaning 10 yilligi munosabati bilan chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Telegram storislar xizmatini Premium obunachilar uchun iyul oyida taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram funktsiya storislar Premium

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made