De Xea MYUda qolishni istamayapti

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi posboni David De Xea “Manchester Yunayted” klubi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas.

Ma’lum bo‘lishicha tomonlar maosh borasida kelisha olmagan. Darvozabon MYUda haftasiga 350 ming funt sterling ishlab topmoqchi. Ammo, klub unga bunday katta maosh to‘lay olmaydi.

Bu maoshni esa PSJ to‘lashga tayyor. Agar Janluiji Buffon faoliyatini tugatishini e’lon qilsa, uning o‘rniga parijliklar “qizil iblislar” posbonini munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda.

41 yoshli italiyalik afsona hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi. PSJ esa uning javobini kutmoqda. Agar fransuz klubi De Xea uchun kurashga qo‘shilgudek bo‘lsa, MYUga 60 million yevro taklif qilishi, yoki kelasi yozda ispaniyalik erkin agent maqomida PSJga o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

MYu David De Xea

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing