Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni tongda Toshkent shahri Yunusobod tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

2019 yil 13 iyul kuni soat 03:30larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasida yashagan 35 yoshli T.N. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini Yangi Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan MAN rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada Matiz avtomashinasi haydovchisi T.N. va uning yo‘lovchisi, Yunusobod tumani 18-dahada yashagan 32 yoshli J.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. 

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing