Tatyana Karimovaning sudi noma’lum muddatga qoldirildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 iyun kuni Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan fuqarolik ishi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Oliy sud matbuot xizmati kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 26 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sud majlisi tegishli hujjatlar yetishmaganligi va to‘plash ishlari amalga oshirilayotgani sababli noma’lum muddatga kechiktirilgan.

Shuningdek, sud javobgar taraf (Tatyana  Karimova) va da’vogar Pyotr Karimovning rasmiy vakilining arizasiga ko‘ra, yopiq ko‘rilishi qanoatlantirilgan. 

Ma’lumot uchun, da’vo predmeti sifatida vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekani ko‘rsatilgan. Unda da’vogar Islom Karimovning birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li Pyotr Karimov hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Rossiyaning Krasnogorsk shahrida xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib, ushlangan Pyotr Karimov meros bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelmoqchiligi aytilgan edi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tat'yana Karimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made