Turkiyada 1 gektar yerdan 2, Misrda 8, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot olinadi. O‘zbekistondachi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. 

Prezident yerdan olinayotgan daromadning pastligiga e’tibor qaratdi. Xususan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming dollarlik, Misrda 8 ming dollarlik, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot yetishtirilishi ta’kidlandi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 300 dollardan oshmayotgani aytib o‘tildi. 

Shuningdek, sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi.

Yig‘ilishda mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot institutlarida ertapishar mahsulot turlari va hududlar iqlimiga mos chorva zotlarini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

er qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing