O‘zbekiston qo‘shnisiga 160 ming dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-fevral oylarida Tojikistonga 160 ming AQSH dollariga teng yordam ko‘rsatdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Tojikiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ko‘rsatgan yordam shu davr ichida mamlakatga berilgan insonparvarlik yordamining 1,2 foiziga teng bo‘lgan.

Respublika o‘tgan ikki oy davomida 13 mln 430 ming dollar yordam olgan.

Donor mamlakatlar orasida ko‘proq ulush Rossiya (umumiy hajmning18,2 foizi), Xitoy (3,6 foiz), Hindiston (1,7 foiz) va BAA (1,6 foiz) hissasiga to‘ri keladi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Tojikistonga 34 mamlakat insonparvarlik yordami ko‘rsatgan.

O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda donor mamlakatlar soni bittaga kamaygan, yordam hajmi esa aksincha 2,7 mln dollarga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing