TIV Moskvada politsiyachi otib o‘ldirgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Moskvada qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimi tomonidan otib o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moskvada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.

“Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T. S.ning 2019 yil 7 iyun kuni Moskva shahar “Koptevo” IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi. 

Qayd etilishicha, Elchixona Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Moskva

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing