Buyuk Britaniya kontrrazvedkasiga yangi rahbar tayinlandi

Olam

image

Ken Makkallum Buyuk Britaniya kontrrazvedka xizmatining (MI5) yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni qirollik hukumatining rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Makkallum MI5 da deyarli 25 yildan beri xizmat qilib kelmoqda. U ushbu lavozimga Ichki ishlar vaziri Priti Patel tomonidan tayinlangan. Ken Makkallum 2012 yilda London Olimpiadasi oldidan va o‘yinlar o‘tkazilayotgan vaqtda aksilterrorizmga qarshi tergovlarni boshqargan.

"Milliy xavfsizligimiz misli ko‘rilmagan tahdidlarga duch kelmoqda. Ishonchim komilki, Makkallumning tajribasi Buyuk Britaniyaga ushbu qiyinchiliklarni tezda hal qilishga imkon beradi", dedi Patel.

MI5 ning yangi rahbari aprel so‘ngidan ish boshlaydi va hozirgi rahbar Endryu Parkerning lavozimini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya MI5

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing