Toshkentdagi portlash qurbonlari soni 3 nafarga yetdi

Jamiyat

image
Toshkentda portlash. Qurbonlar bor north_east

Toshkentda portlash. Qurbonlar bor

Avvalroq, Uchtepa tumani “Cho‘pon ota” MFY hududida joylashgan “Aksava” MCHJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Hodisada 2 kishi halok bo‘lgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi va uchinchi qurbonning jasadi topilganini ma’lum qildi.

“Hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari va boshqa tuzilmalar vakillari ishlamoqda. Soat 20:00 atrofida vayronalar ostidan uchinchi qurbonning jasadi topildi. Ushbu bosqichda mazkur hodisaning sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda. Dastlabki taxmin - kislorod yoki gaz ballonidan foydalanish vaqtida xavfsizlik texnikasini buzish”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hodisada qurbonlardan tashqari 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent portlash

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing