Qozog‘istonda bemorlarning oshishi, karantinni buzgan bosh shifokorning ishdan ketishi – dunyo yangiliklari

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 273 990 nafarga yetdi. 69 444 nafar odam kasallik sabab olamdan o‘tdi. Bugunga qadar 260 247 nafar bemor kasallikdan butkul tuzaldi.

O‘zbekistonda so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalingan soni 342 nafarga yetdi. 30 bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.

Qozog‘iston maxsus shtabining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga oshgan. Mamlakatda umumiy hisobda infeksiya yuqtirish bo‘yicha 584 ta holat rasman qayd etilgan. Yangi kasallanganlar Qizil O‘rda va Atirau viloyatlarida aniqlangan.

Rossiyada so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinganlar soni 14 hudud bo‘yicha 658 nafarni tashkil etdi. 5 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda infeksiyaga chalinganlar soni 4 731 nafarni tashkil etmoqda. 33 bemor shifo topgan bo‘lsa, 43 nafari olamdan o‘tgan.

Shotlandiya bosh shifokori Ketrin Keldervud karantin qoidalarini buzganligi sabab, lavozimidan ozod etildi. Sobiq bosh shifokor fuqarolarga uydan chiqmaslikni maslahat bergan edi. Ammo uning o‘zi dam olish maqsadida mamlakatning sharqiy sohillariga borgani ma’lum bo‘ldi.

AQSHdagi hayvonot bog‘ida yashovchi yo‘lbars bolasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virusni jonivorlarga ozuqa beradigan xodim yuqtirgan. Malayziya yo‘lbarsvachchasining yoshi 4 da. Jonivorda quruq yo‘tal kuzatilmoqda. Hayvonot bog‘i xodimlarining umid bildirishicha, u tezda tuzalib ketadi.

Maltadagi migratsiya markazida yashovchi minglab odam karantinga yuborildi. Bunga ular ichidagi 6 nafar odamda koronavirusga chalinish kuzatilgani sabab bo‘ldi. Kasallar izolyatsiyaga olingan, kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar markazdan chiqarilgan.

Jahonning boshqa mamlakatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Janubiy Koreyada so‘nggi 24 soat ichida infeksiya yuqtirganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda. Meksikada esa so‘nggi sutkada 15 bemor infeksiya sabab olamdan o‘tdi. Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 799 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made