Ozarbayjonda vaziyat keskin. Bemorlar soni 1 000 ga yaqinlashdi

Olam

image

Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘liq yana 104 ta holat aniqlandi. Bemorlardan biri esa vafot etdi. 

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tuzilgan shtabdan xabar berishlaricha, 1949 yilda tug‘ilgan bemor saraton va qandli diabet xastaligi bilan ham og‘rigan. Unga ko‘rsatilgan muolajalar natija bermay, vafot etgan. Ayni paytda uning oila a’zolari, shuningdek, u bilan muloqotda bo‘lgan boshqa shaxslar ham o‘rnatilgan tartibda karantinga olingan.  

Kecha, 9 aprel holatiga ko‘ra yana 38 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytgan. 

Qayd etilishicha, mamlakatda jami bemorlar soni 926 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusdan davolanganlar 101 nafarga yetgan. 9 kishi xastalik oqibatida vafot etdi. 816 kishi maxsus shifoxonalarda davolanmoqda. Bemorlardan 27 nafarining ahvoli og‘ir, 35 nafarining ahvoli esa o‘rtacha og‘irlikda. 

Mamlakatda o‘tgan davr mobaynida infeksiyani aniqlash uchun 57,371 ta test o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tashabbusi bilan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining favqulodda sammiti o‘tkaziladi. Sammit videokonferensiya tarzida tashkil etiladi. Navbatdan tashqari sammitda koronavirus pandemiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Koronavirus

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing