COVID-19 va dunyo – so‘nggi 24 soatda yuz bergan yangiliklar dayjesti

Olam

image

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 690 000 dan ziyodni tashkil qilmoqda. Bugunga qadar 33 mingdan ziyod kishi vafot etdi. 165 ming nafardan ko‘proq bemor shifo topdi. Halqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 58 411 odam infeksiya yuqtirib olgan, 3215 bemor vafot etgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 1 nafarga oshdi. Respublikada 31 mart holatiga ko‘ra, 150 nafar infeksiya yuqtirib olgan bemor bor. O‘lim holati 2 tani tashkil qilmoqda.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 302 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, infeksiyaga yo‘liqqan bemorlarga qarayotgan shifokorlarga 2 mln, agar o‘lim holati qayd etiladigan bo‘lsa, unda 10 mln tenge bir martalik ijtimoiy to‘lov amalga oshiriladi.

Rossiyaning “Rospotrebnadzor” Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan noto‘g‘ri-ijobiy reaksiya bermaydigan koronavirus tashxisi uchun yangi yuqori aniqlikdagi test ishlab chiqildi. Yangi test sezgirlik va o‘ziga xoslikning barcha zamonaviy talablariga javob beradi. U bir tadqiqot davomida nafaqat SARS-CoV-2 ni aniqlashga, balki uni boshqa viruslardan ajratib olishga imkon beradi.

AQSHda 31 mart holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi sabab vafot etganlarning soni 3000 nafardan oshdi. Umumiy hisobda mamlakat bo‘ylab bemorlar soni 163,5 odamni tashkil etmoqda.

Kanadaning yirik aviakompaniyalaridan biri hisoblanmish Air Canada koronavirus fonida o‘zining 15 000 dan ziyod xodimini vaqtinchalik bo‘shatishga qaror qildi. Bayonotga ko‘ra, "COVID-19 ning biznesga misli ko‘rilmagan ta’siri tufayli" aviakompaniya 15,2 ming xodimni vaqtincha qisqartiradi va 1,3 ming rahbarini maoshsiz ta’tilga yuboradi. Yangi choralar 3 apreldan kuchga kiradi. 

Italiyaga AQSH tomonidan 100 million dollar yordam yuboriladi. Bu pullar koronavirusga qarshi kurashda ishlatiladi. "Men hozirgina Italiya Bosh vaziriga qo‘ng‘iroq qildim. Bizda qo‘shimcha salohiyat va mahsulotlar mavjud. Italiyaga taxminan 100 million dollarlik qiymatga ega jarrohlik, tibbiy va kasalxona buyumlarini yuboramiz", dedi Tramp Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida.

Germaniya kansleri Angela Merkel uchinchi bor koronavirus uchun test topshirdi. Javob esa salbiy chiqdi. “Kansler o‘zini yanada xotirjam his qilmoqda. Uchinchi bor o‘tkazilgan test javobi salbiy chiqdi”, deyiladi xabarda. Angela Merkel 22 martdan boshlab, o‘z uyida karantinga olingan.

Boshqa mamlakatlarda quyidagi holat kuzatilmoqda: Uganda mamlakatda 14 kunlik karantin rejimini joriy qildi. Yangi Zelandiya esa favqulodda holat rejimini uzaytirdi. Janubiy Koreyada infeksiya yuqtirib olganlar soni 9786 nafarga yetdi. 


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing