O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 472 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 aprel soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 15 nafarga ortib, 472 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kecha, 6 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning ortishi bo‘yicha rekord o‘rnatilgandi. Bir kunda bemorlar soni 115 nafarga ortgandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing