Turkiyadagi zilzilada o‘zbekistonliklar zarar ko‘rdimi?

Olam

image

Avvalroq, kecha, 26 sentyabr kuni Turkiyaning istanbul shahrida 5,8 balli kuchli zilzila qayd etilgani, buning natijasida ko‘plab binolar zarar ko‘rgan, xususan Avjilar mavzesidagi masjid minorasi qulab tushgani haqida xabar bergan edik. 

Kechaning o‘zida shahardagi barcha binolarni ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. 

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi mazkur holat bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

“Istanbul shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining jabrlangani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan”. 

Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:  +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.

Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi – AFAD Istanbulda yana zilzila xavfi borligini ma’lum qilmoqda. Aholiga quyidagicha ogohlantirish berildi:

“Uyingiz, maktabingiz, shifoxona, ish joyingizni zilzilaga tayyor holatga keltiring”.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Zilzila

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing