Zelenskiyning inauguratsiyasi sanasi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Ukrainaning yangi saylangan Prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi joriy yilning 20 may kuni o‘tkaziladi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.

Oliy Rada deputatlari Ukraina Parlamentining kalendar rejasiga ham tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni ma’qulladi.

Zelenskiyning qasamyodi 20 mayda o‘tkazilishini 315 nafar xalq deputatlari, ya’ni konstitutsion ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Saylovning ikkinchi turi natijasiga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy 73,22 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozondi. Unga raqobatchilik qilgan Pyotr Poroshenkoga esa 24,45 foiz saylovchi o‘z ovozini bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy inauguratsiya

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing