Prezidentning BAAga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BAA tashrif

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing