To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qosim-Jomart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan birodarlik va yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

“Prezidentlar Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy darajadagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborilgandi. 15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing