TIV Koreyada hibslangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Koreya Respublikasida ko‘p miqdorda velosiped o‘g‘irlashda ayblangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasining konsullik bo‘limi o‘zbekistonliklarning velosipedlar o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilyapti. Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Ma’lumot uchun, ikki o‘zbekistonlik va bir qirg‘izistonlik shaxs 34 ta velosipedni o‘g‘irlagan. Ular velosipedlarni o‘z mamlakatlariga jo‘natish niyatida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV o'g'rilik Janubiy Koreya

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing