Shomurodovga xaridor chiqdi. “Rostov” uni sotmoqchi emas

Sport

image

Moskvaning SSKA klubi “Rostov”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni sotib olmoqchi. Bu haqda “Betting Insider” klubga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

SSKA Fedor Chalovni qo‘yib yuborsa, Shomurodov transferini amalga oshiradi. Biroq “Rostov” hozircha o‘yinchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, “Kristal Pelas” klubi Chalov uchun 23 mln funt taklif qilgan. Hujumchining agenti muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Shomurodov Rossiya Premer ligasining yangi mavsumida 4 o‘yinda 3 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov TsSKA

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing