Abbosbek Fayzullayev RPL ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer Ligasining 24-turida yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoadan o‘rin oldi. Bu haqda “WhoScored” portali xabar berdi.

Chempionatning oxirgi turida “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda “armiyachilar”ning  bitta goliga assistentlik qilgan Fayzullayevning Moskva derbisidagi o‘yini 8,1 ballga baholandi.

E’tiborlisi, tur ramziy terma jamoasiga SSKAdan faqat o‘zbekistonlik futbolchi kiritilgan. Shuningdek, Moskva derbisida qatnashgan “Lokomotiv” a’zolari Ilya Lantratov va Maksim Glushenkov ham ramziy jamoadan joy oldi.

Ma’lumot uchun, Rossiya chempionatining ortda qolgan 23 ta turidan keyin 37 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni “Zenit”, “Krasnodar” va “Dinamo” jamoalari band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing