Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi finalida qatnashmaydi

Sport

image

Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Qatar mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fayzullayev bugun, 1 may kuni O‘FAning SSKA bilan kelishuviga muvofiq, navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Moskvaga yo‘l olgan.

“O‘FA Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda legionerimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishiga ko‘maklashgani uchun SSKA klubiga minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi manba xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hojimat Erkinov va Abduqodir Husanov ham finalda ishtirok etmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar TsSKA Olimpiya Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made