Bitiruvchilarning davlat imtihonini bekor qilsa nima bo‘ladi? So‘z Shermatovga

Intervyu

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ko‘payishi karantin rejimini uzaytirishni taqozo qilishi turgan gap. So‘nggi bor cheklovlar 20 aprelga qadar uzaytirilgandi. Karantin sabab ayni vaqtda respublika bo‘ylab barcha ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘xtatilgan. Ammo shunga qaramay maktab o‘quvchilari uchun joriy yil 30 martdan televizion darslar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy ravishda ilk bor tajribada sinalgan masofaviy dars o‘tish usuli muammolarsiz bo‘lmadi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov masofaviy dars o‘tishda yuzaga kelgan muammolar, o‘quvchilarning davlat imtihoni va oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovi hamda televizion darslardagi kamchiliklar bo‘yicha QALAMPIR.UZ`ga intervyu berdi.

Suhbat davomida xalq ta’limi tizimi rahbari mavjud vaziyatdan kelib chiqib davlat imtihonlarini bekor qilish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Karantin davom etadigan bo‘lsa, o‘quvchilardan nazorat tekshiruvlari va davlat imtihonlarini olish bo‘yicha vazirlik Respublikai maxsus komissiyasiga qanday takliflar kiritdi va qanday variantlar tahlil qilinyapti?

– Imtihonlarga keladigan bo‘lsak. Qozog‘iston imtihonlarni “otmen” qilibdi, degan yangilik chiqdi. Darrov menga ochiq xat yozishibdi “sizlar ham bekor qilinglar” deb. O‘zi onlayn darslar bilan yaxshi, o‘zining ustida ishlaydigan, a’lochi o‘quvchilarimiz, ota-onalar shug‘ullanyapti. Lekin o‘zi mas’uliyati bo‘lmagan, o‘qishni xohlamaydigan bolalar yoki ularning ota-onasi, afsuski, tashlab qo‘yayotgan holatlar ham ko‘p. Endi mana shu savolizga mana bizda ham imtihon bo‘lmaydi, Qozog‘istonga o‘xshab bekor qilamiz desam, shu kunning o‘zidan hamma o‘quvchilarda ta’til boshlanadi. Hali bunga vaqt bor. Bu masalani ko‘tarib, katta muammo qilib chiqarish kerak emas. Imtihonlarimiz mayning oxirida bo‘ladi. Hozir 18 aprel. Bolalar may oxirigacha o‘qishsin. Imtihondan maqsad kimnidir yiqitish, jazolash emas. Afsuski, ko‘pchilik bolalar mana shu imtihon uchun ham o‘qiydigan bo‘lib qolgan. Agar shu stimulni ham yo‘q qilsak, muammo bo‘ladi, deya javob berdi vazir Sherzod Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made