Nazarboyevda koronavirus qanday o‘tayotgani oshkor qilindi

Olam

image

Ma’lumki, joriy yilning 18 iyun kuni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Bugun, 20 iyun kuni ma’lum bo‘lishicha, Nazarboyev o‘zini yaxshi his qilyapti. Elboshining Matbuot kotibi Nazarboyevda kasallik alomatlarsiz o‘tayotganini bildirdi.

“Harorat barqaror, koronavirus infeksiyasiga xos alomatlar kuzatilmadi. Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti shifokorlarning nazoratida. Ularning aytishicha, havotirga o‘rin yo‘q”, dedi Nazarboyevning vakili.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev kasalligiga qaramay masofadan ishlashda davom etyapti. U o‘zi ishtirok etishi kerak bo‘lgan tadbirlarda videokonferensaloqa shaklida qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

705

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing