O‘zbekistonda necha kishi koronavirusdan uyda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
16691Bugun, 22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
• Andijon viloyatida — 136,
• Jizzax viloyatida — 22,
• Navoiy viloyatida — 40,
• Namangan viloyatida — 21,
• Samarqand viloyatida — 96,
• Sirdaryo viloyatida — 156,
• Surxondaryo viloyatida — 101,
• Qashqadaryo viloyatida — 21,
• Toshkent viloyati — 637,
• Toshkent shahrida — 413
nafar bemor uyda davolanmoqda.
Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.
Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.
LiveBarchasi