Fuqarolar bilan yoqalashgan deputat Qobil Dusov partiyadan haydaldi

Jamiyat

image

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Qobil Dusov partiyadan chetlatildi. 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining ma’lum qilishicha, Qobil Dusovning partiya a’zoligidan chiqish haqidagi murojaati ma’lumot uchun qabul qilindi.
 
“Uning ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlardagi chiqishlarida partiya Ustaviga rioya etmaganligi, shuningdek partiya obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatgani uchun, partiya imijini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirgani uchun, ko‘p ming sonli partiya a’zolarining Qobil Dusovga nisbatan partiyaviy chora ko‘rish haqidagi murojaatlarini inobatga olgan holda 2019 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi S’ezdida xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqarilganligini ma’lum qilamiz.
 
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati tomonidan partiya rahbari nomiga aytilgan asossiz, shaxsiy g‘araz maqsadlariga tayangan bo‘htonlar deputatning shaxsiga baho berish uchun keng jamoatchilikka yetarli bo‘lishini inobatga olib, partiya ushbu masalani muhokama uchun mavzu emas, deb xisoblaydi.

Huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-41 moddalariga muvofiq, sudga murojaat qilish uchun barcha dalillar va asoslarning mavjudligiga qaramasdan partiya rahbari ushbu huquqdan foydalanmaslikni maqsadga muvofiq, deb hisoblaganini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi bundan buyon ham barcha darajadagi deputatlardan partiyaviy intizomga qat’iy rioya qilish, saylovchilar e’tiroziga sabab bo‘luvchi, partiya elektorati manfaatlariga zid keluvchi harakatlarni amalga oshirmaslikni hamda deputatlik mas’uliyatini oshirishni talab etadi. Amaldagi qonunchilikka asosan, bunday hollarda deputatlarning vakolatlarini muddatidan avval to‘xtatish mumkinligini ma’lum qiladi”, deyiladi partiya bayonotida.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining ziddiyatli fikrlari, jumladan ayollarni davlat boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi so‘zlari bilan chiqish qilib, ko‘plab tanqidlarga uchragan deputat Qobil Do‘sov Yashnobod tumani aholisi bilan yoqalashgani, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy tiklanish Qobil Dusov

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made