Jahon banki Markaziy Osiyoga 371 million dollar ajratadi. Eng ko‘p pulni O‘zbekiston oladi

Jamiyat

image

Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlariga koronavirus bilan kurashish uchun 370 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Mablag‘lar Jahon bankining moliyaviy ko‘magida mintaqa davlatlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha qayta taqsimlandi.

“Jahon banki COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘larni safarbar qildi. Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va ushbu mamlakatlar uchun COVID-19 ning iqtisodiy ta’sirini yumshatish maqsadida qo‘shimcha mablag‘ ajratish uchun mintaqadagi umumiy qiymati 9,7 milliard dollarga teng investitsiya portfelimizni ko‘rib chiqmoqdamiz“, deydi Mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk.

Ta’kidlanishicha, Jahon banki Qozog‘istonga 27 million dollar, Tojikistonga 11,3 million dollar, Qirg‘izistonga 21 million dollar. O‘zbekistonga esa 312 million dollar ajratdi.

O‘zbekistonga ajratilgan mablag‘ning 95 million dollari milliy sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga, shuningdek, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan aziyat chekkan aholini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Soliq tushumlarining sezilarli darajada pasayishi va pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha hukumat inqirozga qarshi dasturi doirasida xarajatlarning kutilmaganda o‘sishi sharoitida Jahon banki qo‘shimcha 200 million dollar ajratdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish loyihasi doirasida 17 million dollar mablag‘ ajratilib, bu mexanik shamollatish moslamalari, rentgen apparatlari, infuzion nasoslar, sinov to‘plamlari, kasallangan bemorlarning sog‘lig‘ini kuzatish uchun uskunalar va boshqalarni sotib olishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki Markaziy Osiyo

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made