Shavkat Mirziyoyev Belarusga qachon borishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga tashrifi rejalashtirilyapti. Bu haqda ikki davlat hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi vaqtida ma’lum bo‘ldi.

Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston Belarus hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus Bosh vaziri Vladimir Dvornik ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Bosh vazir Vladimir Dvornikning so‘zlariga ko‘ra, Belarus davlati O‘zbekiston bilan ishlab chiqarishda kooperatsiyalashuvdan manfaatdor va shu bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishni taklif qilyapti.

“Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish majmualari, mashinasozlik, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, yengil sanoatni eng muhim yo‘nalishlar deb aytish mumkin. Birgalikda barpo etilgan ishlab chiqarish kooperatsiyalariga alohida etibor qaratilyapti”, deb ta’kidladi Dvornik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, belarus kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston gaztransporti va gaztaqsimotini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalar eng yiriklari bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 12-14 sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing